Neymarning vakillari “Chelsi” xo‘jayini bilan uchrashdi
Futbolchining Parijdan ketishi oydinlashmoqda.

Londonning “Chelsi” klubi xo‘jayini Todd Bouli Fransiyaning “PSJ” klubining braziliyalik yulduz hujumchisi Neymarning vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, yig‘ilishda Neymarning “Chelsi”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan transfer masalasi muhokama qilingan. Bouli Neymar vakillariga London jamoasi loyihasini taqdim etgan. Neymar yo “PSJ” bilan shartnomani bekor qilishi yoki tovon puli uchun “Chelsi”ga o‘tishi mumkin.
“PSJ” klubga ko‘proq muammo tug‘dirayotgan Neymardan qutulmoqchi. Shuningdek, parijliklar jamoasi braziliyalik futbolchi ketgan taqdirda maosh qisqartirilishiga umid qilmoqda, bu esa parijliklarga moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolardan qochishga yordam beradi.







