Toni Kroos Superliga g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
U ushbu turnir yaqin vaqt ichida tashkil etilishini aytdi.

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Superliga tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi.
“O‘ylashimcha, biz Superligani ko‘ramiz va buning bir qancha sabablari bor. Vaziyatga har tomondan diqqat bilan qarasangiz, UEFA futbol ishqibozlari uchun ajoyib muhit yaratishi ko‘rasiz. Superliga hozircha nomzodlar ro‘yxatidan bironta jamoani chiqarib tashlashni rejalashtirmayapti. Doimiy taʼsischilar esa umuman bo‘lmaydi. Endi bu sport musobaqasi, ochiq turnir, uni UEFA emas, klublar boshqaradi” — dedi Kroos.







