“PSJ” futbolchilari murabbiyga ishonishmayapti
Ular uning professionalligiga shubha qilishmoqda.

“PSJ” futbolchilari murabbiy Kristof Galtiyerning saviyasi va professionalligiga shubha qilmoqda.
“Footmercato” nashrining xabariga ko‘ra, jamoaning baʼzi o‘yinchilari mutaxassisning jamoani yaxshiroq qilish qobiliyatiga ishonishmayapti. Futbolchilar 56 yoshli murabbiyning usullarini eskirgan va taktik jihatdan cheklangan deb bilishadi. Galtiyer shuningdek, baʼzi o‘yinchilarga nisbatan alohida va imtiyozli munosabatda bo‘lganlikda gumon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” so‘nggi uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.







