“Bu biz uchun jiddiy zarba”
Uoker “Manchester Siti”ning mag‘lubiyati haqida gapirdi.

“Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker “Nottingem Forest”ga qarshi o‘yin (1:1) haqida fikr bildirdi.
“Biz ikki ochko yo‘qotdik. Lekin men hech kimni ayblamayman. So‘nggi bir necha yil ichida biz oldimizga shunday yuqori talablarni qo‘yganmizki, biz to‘rt-beshta gol urishimiz kerak edi, tamom, o‘yin tugadi, davom etamiz. Raqib o‘zini ushlab turdi va yakunda durangga erishdi. “Nottingem Forest” shunday qilishni rejalashtirgan edi hamda bunga erishdi. Chorshanba kuni “Arsenal”ga qarshi qilgan mashaqqatli mehnatimiz behuda ketmadi, ammo bu bizga zarba bo‘ldi. Bu yerga kelib, ikki ochko yo‘qotish ideal emas, lekin umid qilamanki, bizning foydamizga bir nechta burilishlar bo‘ladi va biz Premyer-ligada g‘alaba qozona olamiz”, — dedi Uoker.







