AP: Baydenning tashrifi haqida Kreml ogohlantirilgan
Bunga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

Baydenning Kiyevga tashrifi haqida Oq uy Rossiyaga maʼlumot bergan bo‘lishi mumkin. Associated Press maʼlumotlariga ko‘ra, bu ekssesslarning oldini olish uchun amalga oshirilgan.
Agentlik manbalari Baydenning tashrifidan biroz avval “ruslar bilan turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun kommunikatsiya” bo‘lgan.
Moskva bilan “yadro quroliga ega davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvini keltirib chiqaradigan har qanday xatolar”ning oldini olish uchun aloqa o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH rahbari bugun Kiyevga eʼlon qilinmagan tashrif bilan keldi.







