“Arsenal” Elneni bilan shartnomani uzaytirdi
Futbolchi jamoadagi muhit ajoyib ekanligini aytgan.

“Arsenal” misrlik yarim himoyachi Muhammad Elneni bilan shartnomani uzaytirganini eʼlon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 30 yoshli misrlik futbolchining yangi mehnat shartnomasi 2023/2024-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
“2016-yildan buyon bu ajoyib klub vakili ekanligimdan faxrlanaman. Hozir jamoamizda hukm surayotgan birdamlik shu qadar ijobiyki, shartnomani uzaytirganimdan juda xursandman”, — dedi Elneni.







