Sport

“Real Madrid” faxriy prezidenti Amansio Amaro vafot etdi

U 83 yoshda edi.

“Real Madrid” faxriy prezidenti Amansio Amaro vafot etdi

 

Madridning “Real” klubi afsonasi Amansio Amaro 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Qirollik” klubi rasmiy sayti xabar berdi.

 

“Amansio barcha “Real Madrid” va futbol muxlislari tomonidan eng zo‘r futbolchilardan biri sifatida esda qoladi”, — deyiladi klub bayonotida.

 

Amansio Amaro 1962-yildan 1976-yilgacha “Real”da o‘ynagan. Klub bilan u to‘qqiz marta Ispaniya chempioni, uch bor Ispaniya kubogi va UEFA Chempionlar kubogini (1966-yilda) qo‘lga kiritdi. Klubdagi 14 mavsumda u 471 o‘yin o‘tkazib, 155 gol urgan.

 

Amaro Ispaniya terma jamoasi safida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urib, 1964-yilda Yevropa chempioni bo‘lgan.

 

2022-yil oktabr oyida Amansio Amaro Pako Xento o‘rniga “Real Madrid” prezidenti lavozimini egallagan.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Real Madrid” faxriy prezidenti Amansio Amaro vafot etdi | Zamon.uz