Sport

“Aston Villa”ni boshqarolmagan Jerardni Parijga taklif qilishmoqda

U “PSJ”ni boshqarishi mumkin

“Aston Villa”ni boshqarolmagan Jerardni Parijga taklif qilishmoqda

 

“Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi va sobiq “Reynjers” va “Aston Villa” bosh murabbiyi Stiven Jerrard “PSJ”ni boshqarishi mumkin.

 

“Scottish Daily Express” nashrining xabariga ko‘ra, fransuz klubi rahbariyati Chempionlar ligasi pley-offida “Bavariya”ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mutaxassis Kristof Galtierdan hafsalasi pir bo‘lgan va hozirda bosh murabbiyni almashtirishni o‘ylamoqda.

 

“PSJ” bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida rahbariyat jamoani kuchaytirishga qodir muhim figura deb hisoblayotgan Jerrard ham ko‘rib chiqilmoqda. Tomas Tuxelning qaytishi ham mumkin bo‘lgan variantlar orasida turibdi.

 

Jerrardning murabbiylik faoliyatidagi so‘nggi klubi “Aston Villa” bo‘lib, mutaxassis o‘tgan yilning oktyabr oyida ishdan bo‘shatilgan edi.

 

“Aston Villa”ni boshqarolmagan Jerardni Parijga taklif qilishmoqda | Zamon.uz