“U hali juda yosh”
Gvardiola Fil Foden haqida gapirdi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola angliyalik Fil Foden markaziy yarim himoyada o‘ynay oladimi, degan savolga javob berdi.
“U o‘sha yerda o‘ynay oladi, lekin men uni hali yosh deb hisoblayman. Unga maydon o‘rtasida o‘ynash, o‘yinni o‘qish uchun tajriba kerak. Chunki qanotda o‘ynasang, to‘g‘ri ish qilasan, o‘ngga o‘tasan; markazda juda ko‘p narsalar sodir bo‘ladi va siz ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishingiz kerak. U hali juda yosh. Texnika unga buni amalga oshirishga imkon beradi. Uning “Nottingem Forest”ga qarshi o‘yinda qilgan harakatlari, darvozaga yo‘llagan zarbalari, Holandga uzatmalari Messini eslatadi”, — dedi Gvardiola.
Bugun Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan.







