“Vinisius dunyodagi eng xavfli futbolchi”
Futbolchini ustozi maqtadi.

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining 1/8 finalida g‘alaba qozonganidan so‘ng Vinitsius Juniorni dunyoning eng xavfli futbolchisi deb atadi. Braziliyalik futbolchi “Enfild”da ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Menimcha, Vinitsius Junior hozir dunyodagi eng xavfli futbolchi. U doimiy ravishda o‘yinlarning natijasini hal qilmoqda”, — dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi o‘yinining dastlabki 14 daqiqasida “Liverpul” Tibo Kurtua darvozasiga ikki marta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi, ammo “Real Madrid” bunga birinchi bo‘limda ikkita dubl bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘limda Militao o‘z hisobiga yana bir gol qayd etdi. So‘ng Karim Benzema ham ikkita gol urishga erishdi. Shu tariqa ispanlar raqiblaridan 5:2 hisobida ustun kelishdi.
Javob o‘yini 15 mart kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.







