Gvardiolga APL klublari qiziqish bildirmoqda
Nemis klubi uni tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylanishini istamoqda.

“Leypsig” himoyachisi Joshko Gvardiolga APL klublari qiziqish bildirmoqda.
Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 21 yoshli himoyachiga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirmoqda. “Leypsig” Gvardiolni tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylanishini istamoqda.
“Liverpul” skautlari so‘nggi oylarda Gvardiol o‘yinini tomosha qilish uchun bir necha bor “Leypsig” o‘yinlariga kelishmoqda.
Eʼtibor bering, bir necha kun avval “The Times” nashriga bergan intervyusida himoyachi Premyer-ligadan qaysidir klubga o‘tishni istayotganini aytgandi.
Joriy mavsumda xorvatiyalik himoyachi “Leypsig” safida barcha turnirlar doirasida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.







