Messi “Nyuyells Old Boyz” klubining muxlisi
U Argentina chempionatida o‘ynashni xohlaydi.

Bir kun kelib Messi Argentina chempionatida o‘ynashi mumkin.
“Leo Messi “Nyuyells Old Boyz”ning ashaddiy muxlisi. U Argentinada o‘ynashni istayotganini ikki yoki uch marta ochiq aytgan. Messi faoliyatining qaysidir bosqichida shunday qilish istagi bor”, — dedi “TyC Sports” jurnalisti Gaston Edul.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messining “PSJ” bilan shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. Avvalroq , shartnoma yakunlanganidan keyin hujumchi Yevropada qolishni istashi haqida xabar berilgandi.







