Roten Kloppga “Liverpul”ni tark etishni maslahat berdi
U klub o‘zini qayta tiklab olishiga imkon berish kerakligini aytdi.

Jerom Rotenning fikricha, Yurgen Klopp “Liverpul”ni tark etishi kerak.
“Yurgen Klopp o‘ziga nisbatan tanqidlarga to‘g‘ri qarashi va “Liverpul”ning qayta tiklanishiga imkon berishi kerak edi. Bu yil uning uchun juda og‘ir bo‘ldi, — dedi “PSJ”ning sobiq yarim himoyachisi Rothen.
Klopp jamoasi joriy mavsum APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida “Real”ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.







