“Uning Norvegiya terma jamoasida o‘ynashini istardim”
Holand Mbappe haqida gapirdi.

Erling Holand Kilian Mbappega qoyil qolishini tan oldi.
“Dunyoda ko‘plab yaxshi o‘yinchilar bor. Kilian esa ulardan biri. U juda kuchli futbolchi. Fransuzlar terma jamoada shunday futbolchi borligidan baxtiyor. Albatta, uning Norvegiya terma jamoasida o‘ynashini istardim, lekin bu mumkin emas”, — dedi “Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi.







