Sport

AQSH davlat kotibi kelasi hafta O‘zbekistonga keladi

Bu uning yurtimizga birinchi tashrifi hisoblanadi.

AQSH davlat kotibi kelasi hafta O‘zbekistonga keladi

 

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bir qator ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun keyingi hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Shuningdek, u mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

 

AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati Entoni Blinken 28-fevraldan 3 martgacha Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyurishi haqida xabar qildi.

 

Ostonadan safarni boshlab u mintaqadagi barcha beshta davlat vakillari bilan “AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlash, shuningdek, umumiy global muammolarga yechim izlashda mintaqa bilan hamkorlik uchun C5+1 (Markaziy Osiyo mamlakatlari + AQSH) vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi”.

 

C5+1 vazirlar yig‘ilishida AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi, deyiladi xabarda.

 

Keyinchalik Entoni Blinken Toshkentga keladi va shu yerda rasmiylar bilan “bir qator ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikni yana-da rivojlantirish” yuzasidan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu uning O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.

 

1-mart kuni u Nyu-Dehliga jo‘nab ketadi, unda G20 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, barqaror rivojlanish, giyohvand moddalarni nazorat qilish, global sog‘liqni saqlash, gumanitar yordam va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

AQSH davlat kotibi kelasi hafta O‘zbekistonga keladi | Zamon.uz