“Barsa” 14 oy ichida 4 marta yevrokuboklarni tark etdi
Jamoa kecha “Manchester Yunayted”ga imkoniyatni boy berdi.

Xavi boshchiligidagi “Barselona” to‘rtinchi bor yevrokuboklar turnirini tark etdi.
Ispaniya klubi “Manchester Yunayted”dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach Yevropa ligasidagi ishtirokini yakunladi. “Ko‘kanorranglilar” Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi omadsiz ishtirokdan so‘ng ushbu turnirda qatnashayotgan edi.
Kataloniyaliklar so‘nggi 14 oy ichida 4 marta yevrokuboklardan chiqib ketdi. 2021/2022 yilgi mavsumda “Barsa” guruh bosqichi natijalariga ko‘ra Chempionlar ligasini tark etgandi. Shundan so‘ng, jamoa Yevropa ligasini tark etgandi.







