Bellingham “Liverpul”ga o‘tishga tayyor
U klubning ashaddiy muxlisi.

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellinham “Liverpul”ga o‘tishga tayyor.
“The Athletic” xabariga ko‘ra, futbolchi kelasi mavsumda Chempionlar ligasidan chetda qolish xavfidan qo‘rqmayapti. Angliyalik futbolchi “Liverpul”ga o‘tishni xohlayapti. U klubning ashaddiy muxlisi.
Bellinhamning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar tuzilgan.
19 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, futbolchi 110 million yevroga baholanmoqda.







