Britaniyadan Rossiyaga “yubiley” munosabati bilan “sovg‘a”
London Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi.

Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirganining bir yilligi munosabati bilan Buyuk Britaniya rasmiylari Moskvaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi.
Xususan, Rossiyaga urush uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni eksport qilish taqiqlanadi.
Gap samolyotlar uchun ehtiyot qismlar, radiotexnika, RF harbiy-sanoat kompleksida, xususan, dronlarni ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan elektron butlovchi qismlar haqida bormoqda.140 dona temir va po‘lat buyumlar importi, shu jumladan, qayta ishlangan mahsulotlar yetkazish ham man etiladi.
Bundan tashqari, sanksiyalar ro‘yxatiga 80 nafar shaxs kiritilgan. Ular orasida RF Bosh vazirining o‘rinbosari Aleksandr Novak ham bor.







