“Bu biz uchun eng katta g‘alaba bo‘ldi”
Ten Xag “Barsa”ni qanday mag‘lub etgani haqida gapirdi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Yevropa ligasida “Barselona”ga qarshi o‘yindagi g‘alaba haqida fikr bildirdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Yevropa ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi.
“Eng katta g‘alaba. Men shunday deb o‘ylayman. Biz “Liverpul” va “Arsenal”ga qarshi yaxshi g‘alabalarga erishdik. Lekin menimcha, “Barselona”ga qarshi g‘alaba ularning eng kattasi. Yakunda bu ajoyib g‘alaba bo‘ldi, chunki bizda bunga ishonch bor edi. Katta o‘yinlarning har bir daqiqasida diqqatni jamlash va turli vaziyatga tayyor bo‘lish kerak. Chunki, bir lahza o‘yinni o‘zgartirib yuborishi mumkin”, — dedi Ten Xag.
Eslatib o‘tamiz, bugun Shveysariyaning Nyon shahridagi UEFA shtab-kvartirasida Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.







