Bayden: Zelenskiyga hozir F-16 qiruvchilari kerak emas
AQSH prezidenti Ukraina qanday texnikaga muhtojligini ochiqladi.

Jozef Baydenning fikricha, hozircha Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlari kerak emas. Bu haqda AQSH prezidenti ABC telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Yo‘q, Zelenskiyga hozir F-16 kerak emas. bizning harbiylar fikricha, hozir F-16 yetkazib berishga asos yo‘q. Men hozirda buni istisno qilaman”, – degan u.
Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina qarshi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuning uchun unga ko‘proq tanklar, artilleriya, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, Shuningdek, Himars‘lar kerak.







