Sport

PFL bir yillik moliyaviy hisobotlarni ochiqladi

Bugun OAV xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

PFL bir yillik moliyaviy hisobotlarni ochiqladi

 

Bugun O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida 2022 yilda qilingan ishlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni taqdim etdi.

 

Unda liga rahbariyati 2022-yilda qator yo‘nalishlarda qancha xarajat qilingani va tashkilotning yillik daromadlarini ochiqladi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2022-yilda tashkilotga kelib tushgan mablag‘ 18 712 135 600 so‘mni tashkil qilgan. Shundan 9 467 135 600 so‘mi homiylar tomonidan jalb qilingan mablag‘ hisoblanadi. Badal pullari 5 595 000 000, legioner futbolchilar uchun to‘lov esa 3 030 000 000 so‘mni tashkil qilgan.

 

Yig‘ilgan mablag‘larning 50,6 foizi PFLning o‘zi tomonidan topilgan pullar, 49,4 foizi esa badal pullari evaziga to‘plangan.

 

Bundan tashqari PFL o‘z tasarrufidagi turli musobaqalarni "Eleven Sports" portali orqali translyatsiya qilishdan ham 33 350 yevro ishlab topgan. Bu yarim yillik daromad hisoblanadi.

 

PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot hali badal pullari, homiylar va legionerlar uchun to‘lovdan umumiy hisobda 1 065 000 000 so‘m olmagan.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

PFL bir yillik moliyaviy hisobotlarni ochiqladi | Zamon.uz