Hakimi 24 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda
Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.

“PSJ” himoyachisi Ashraf Hakimi zo‘rlashda gumon qilinmoqda.
“Le Parisiyen” nashriga ko‘ra, o‘tgan yakshanba kuni 24 yoshli qiz o‘zining roziligisiz futbolchi unga nisbatan zo‘ravonlik qilgani haqida politsiyaga murojaat qilgan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, 16 fevral kuni Hakimi u bilan Instagram‘da suhbatlashgan, 25 fevral kuni esa marokashlik futbolchi qizni Parijning g‘arbiy chekkasida joylashgan Bulon-Bilyankurdagi uyiga chaqirgan. Ashrafning uyida esa mazkur holat yuz bergan.
Ayni damda Hakimiyga nisbatan rasmiy ayblovlar ilgari surilmagan.







