Sport

Usmon Dembele o‘z klubiga 100 ming yevro xayriya qildi

Unga klub prezidenti minnatdorchilik bildirdi.

Usmon Dembele o‘z klubiga 100 ming yevro xayriya qildi

 

“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele o‘zi talaba bo‘lgan “Yevre 27” klubiga taxminan 100 ming yevro xayriya qildi. Fransiya jamoasi moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda.

 

“Yevre 27” prezidenti Samuel Brigantino va Gi Lefrans Usmon Dembelega bunday qiyin davrda klubga ko‘rsatgan saxiyligi va moliyaviy yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

“Dembele har doim jamoamizni qo‘llab-quvvatlab kelgan va bugungi kunda uning yordami bilan 700 nafar tarbiyalanuvchiga yana-da yaxshi sharoit yaratish va ularni o‘z yo‘lida yo‘naltirish imkonini beradi. Bu esa Usmon o‘z ona klubini hech qachon unutmaganini ko‘rsatadi. Futbolchi va uning yaqinlariga cheksiz minnatdormiz. Yana bir bor mehribonligingiz uchun rahmat”, — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

 

Usmon Dembele o‘z klubiga 100 ming yevro xayriya qildi | Zamon.uz