Vinisiusga 7 va 11-raqam taklif qilinmoqda
Biroq, u bu takliflarni rad etmoqda.

Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior joriy mavsum boshlanishidan oldin o‘z raqamini o‘zgartirishi mumkin.
Biroq, braziliyalik futbolchi 20-raqam haqida gapirib, 2022 yilgi Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ga (1:0) gol urganligi sababli, bu takliflarni rad etdi .
Yozda Madrid klubi Vinitsiusga 7 yoki 11-raqamni olishni taklif qilishi kutilmoqda. Mavsum oxirida klubda ushbu raqamlarda to‘p surayotgan Eden Azar va Marko Asensio “Real”ni tark etishi maʼlum qilinmoqda.







