Blinken: O‘zbekiston bilan munosabatlarni qadrlayman
AQSH davlat kotibi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

AQSH va O‘zbekiston munosabatlari barqaror rivojlanib bormoqda, ikki tomonlama hamkorlik esa mustahkamlanib bormoqda. Bu haqda Davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Bizning barqaror munosabatlarimizni qadrlayman — O‘zbekistonning S5+1 ( Markaziy Osiyo-AQSH — tahririyat izohi)dagi yetakchiligi, bizning mustahkamlanib borayotgan hamkorligimiz va albatta, Prezidentning islohotlar dasturi”, – degan diplomat.
Eslatib o‘tamiz, Blinken kecha Toshkentga kelgandi. U TIV rahbari bilan uchrashadi. shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ladi.







