Salomatlik

22 nomdagi osh tuzi amaldagi talablarga nomuvofiq deb topildi

O‘zbekistondagi tuz mahsulotlari sinovdan o‘tkazildi.

22 nomdagi osh tuzi amaldagi talablarga nomuvofiq deb topildi

 

O‘zbekistonda 29 nomdagi tuz mahsulotlari namunalari sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

 

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamkor tashkilotlar bilan birga 29 nomdagi tuz mahsulotlari namunalarini sinovdan o‘tkazdi.

 

“Achinarlisi, 22 nomdagi osh tuzining yaʼni, 76 foizi laboratoriya natijalariga ko‘ra amaldagi talablarga nomuvofiq deb topildi. Ularda yod miqdori kamligi maʼlum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

 

Yod miqdori kam osh tuzlari:

  • “Ideal” osh tuzi;
  • “Dunyo” osh tuzi;
  • “Saxovat” osh tuzi;
  • “Kafolat”osh tuzi;
  • “Safo” osh tuzi;
  • “Ozoda-uz” osh tuzi;
  • “Baraka” osh tuzi;
  • “Oshpaz” osh tuzi;
  • “Orol” osh tuzi;
  • “Yagona ishonch” osh tuzi;
  • “Safir” osh tuzi;
  • “Zarafshon kumush tuzi”, “Salina”, “Aziya” va “Melkaya” osh tuzlari;
  • “Osh tuzi” va “Fayzli” osh tuzlari.

 

Tuz mahsulotlarini xarid qilishdan avval uning qadog‘idagi quyidagi maʼlumotlarni tekshirish lozim:

 

  • mahsulot nomi, sorti va hajmi;
  • yodlangan qo‘shimchaning nomi;
  • tarkibidagi yod miqdori;
  • netto og‘irligi (kg);
  • ishlab chiqarish sanasi (kun, oy, yil);
  • saqlash muddati;
  • saqlash shartlari;
  • mazkur standartda ko‘rsatilgan boshqa maʼlumotlar.

 

Qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarida uning sifati, tashqi qadog‘idagi axborotlarning mavjudligi va sanitariya-epidemiologik xulosasi bo‘lmasa Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 “Call markazi” yoki info@antimon.gov.uz elektron pochtasiga xabar yuborish mumkin.

 

Maʼlumot uchun, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tug‘iladi. Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"