“Hamma javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishi shart”
Van Deyk “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.

“Liverpul” himoyachisi Virjil Van Deyk “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bu muhim o‘yin. Unda biz o‘zimiz qanday o‘ynashimiz kerakligini o‘ylashimiz, muxlislar talab qilgandek bo‘lishimiz kerak. Ishonch bilan, agressivlik ko‘rsata olishimiz lozim. Bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Maydonga tushib, o‘zimizni ko‘rsatishni istaymiz. Tabiiyki, biz yaxshi holatda emasmiz, “Manchester Yunayted” esa ideal darajada. Shunday bo‘lsa ham, eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Bu o‘yinda qatnashadigan har bir inson natija uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishga majbur”, — dedi Van Deyk.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” — “Manchester Yunayted” uchrashuvi 21:30 da start oladi.








