Ronaldu Turkiya va Suriyaga yordam jo‘natdi
Unda chodirlar, tibbiy vositalar va bolalar ovqatlari o‘rin olgan.

“Al-Nasr” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu zilzila sababli jabr ko‘rayotgan Turkiya va Suriyaga bir samolyot gumanitar yordam jo‘natdi.
Bir oy oldin bo‘lgan halokatli zilzila natijasida 50 ming inson vafot etdi va minglab insonlar uysiz qoldi.
Ronaldu jo‘natgan yordamga palatkalar, choyshablar, o‘rindiqlar, tibbiy vositalar va bolalar ovqatlari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu pandemiya davrida Portugaliya kasalxonalariga katta xayriya summasi ajratgandi. Shuningdek, kasal bolalarning operatsiyalari uchun pul o‘tkazib bergandi.







