Kasemironing jarohati jiddiy
Uning keyingi bahsda maydonga tushishi aniq emas.

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro Angliya premyer-ligasining 26-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda “ESPN” nashri xabar bermoqda.
Uchrashuvning 77-daqiqasida Kazemiro almashtirilgandi. Uning o‘rniga Marsel Zabitzer maydonga tushdi. Qayd etilishicha, tibbiyot xodimlari Yevropa ligasi 1/8 finalida “Betis”ga qarshi uy uchrashuvi oldidan Kazemironing holatiga aniqlik kiritishadi. O‘yin 9 mart kuni “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya premyer-ligasining 25-tur natijasiga ko‘ra, 49 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi pog‘onasini band etishda davom etmoqda.







