O'zbekiston

Senat vakolatlari kengaytirilmoqda

Konstitutsiyaning 95-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar nimalarni nazarda tutadi?

Senat vakolatlari kengaytirilmoqda

 

Maʼlumki, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston respublikasi Konstitutsisiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda. Parlament aʼzolari, ekspertlar va keng jamoatchilik vakillari hayotning o‘zi Bosh Qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo etayotganini taʼkidlamoqda.

 

Yangi Konstitutsiyani demokratik prinsiplarga yana-da moslashtirish, unda ilg‘or tamoyillarni aks ettirish, eng muhimi inson huquqlari va erkinliklarini, Inson qadri tushunchasini mustahkamlash ustida katta ishlar olib borilmoqda. 

 

Harakatlar strategiyasi doirasida 2017 yildan Senat faoliyatida keng islohotlar boshlangan edi. O‘tgan yillar davomida Senat xalqqa yaqinlashdi — senatorlar faqat qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmasdan, joylarda aholi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishga kirishdi.

 

Avval Senat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, Konstitutsiyaning 95-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar natijasida endilikda mazkur lavozimlarga nomzodlar Prezident tomonidan taqdim etiladi va Senat ko‘rib chiqadi.

 

Amaldagi tartibdan asosiy farq shundaki, Senat nomzodning Bosh prokuror yoki Hisob palatasi raisi kabi muhim lavozimga maqbullik darajasini ko‘rib chiqib, hal qilish vakolatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, endilikda maxsus xizmatlar faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzod avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanishi tartibi joriy etilmoqda.

 

Oliy Majlis Senati mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashadi. Butun dunyoda parlamentlarning asosiy vazifasi jamiyatdagi turli manfaatlarni mamlakat ravnaqi yo‘lida birlashtirishdan iboratdir. Qolaversa, rivojlangan mamlakatlarda parlament davlat va jamiyatning boshqa institutlari bilan turli aloqalar tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kommunikatsiya vositasi vazifasini o‘tab kelayotgani hech kimga sir emas. Bu yana-da soddaroq izohlansa, parlament davlat hamda xalq o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prikdir.

 

Masalan, Germaniyada Bundesrat (yuqori palata) federatsiya subyektlari va Federal hukumat o‘rtasidagi nizolarni hal etish choralarini ko‘radi. Hindistonda esa, yuqori palata shtatlarga ko‘maklashadi va ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rejalashtirishda ishtirok etadi.

 

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari esa bevosita mahalliy aholi irodasini ifoda etuvchi birlamchi bo‘g‘indir. Islohotlarning qonuniy asosini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida hududlar manfaatlariga mos qarorlar ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishiga erishish zarur. Ularning faoliyatiga ko‘maklashish Senatning vakolatiga kiritilishi esa mahalliy kengashlar faoliyatida ijobiy o‘zgarish bo‘lishiga xizmat qiladi.

 

Shu bilan birga mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlari qonunchilik normalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ushbu organlarning qarorlarini bekor qilish Senat vakolatlari sirasiga kiritilmoqda.

 

Senat bu – hududlarning manfaatlarini ifodalaydigan organ bo‘lib, unga ushbu vakolatning berilishi uning ushbu tabiatiga mos keladi hamda Senat faoliyatini ustuvor ravishda hududiy masalalarni hal etishga qaratishga xizmat qiladi.

 

Mazkur konstitutsiyaviy norma Senatning mahalliy Kengashlarning samarali faoliyat yuritishi va xalqchil bo‘lishi uchun masʼuliyatini oshiradi.

 

Eng muhimi ushbu vakolat senatorlar hududlarda, xalq ichida yurib, odamlarni qiynayotgan muammolarning yechimi ustida ko‘proq ishlashi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.

 

custom img

Qozog‘istonda YTHga uchragan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Latviyada insultni boshdan kechirgan va Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar ham vatanga qaytarildi.

custom img

O‘zbekistonda besh yil ichida oltin zaxirasi yana 879 tonnaga oshiriladi

Kumush zaxirasini 510 tonnaga, mis zaxirasini esa 676 ming tonnaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

custom img

O‘zbekistonda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb etiladi

Investorlarni jalb etish uchun Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif etildi.

custom img

Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloqni temiryo‘l xodimi qutqarib qoldi

Xodimga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti topshirildi.

custom img

Navoiyda Tico va yuk mashinasi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi transport vositasiga yo‘l bermagani oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

custom img

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga 99 ta mamlakatdan 8 mingdan ziyod ishtirokchi kelishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 16-18 iyun kunlari o‘tkaziladigan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik yuzasidan ma'lumot berildi.

custom img

Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola tramvay va bekat orasida qolib, halok bo‘ldi

Bolakay Turkiyaga ota-onasi va yaqinlari bilan birga sayohat uchun kelgan.

custom img

O‘zbekistonda “voyenkomat” lar tugatiladi

16 yoshga to‘lgan o‘g‘il bolalar ID-karta asosida avtomatik harbiy hisobga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"