Eng dolzarb

Rossiya va Ukraina Shveysariyada muzokara o‘tkazyaptimi?

Ukraina TIV rahbari bu masalaga oydinlik kiritdi.

Rossiya va Ukraina Shveysariyada muzokara o‘tkazyaptimi?

 

Rossiya va Ukraina Shveysariyada hech qanday muzokara o‘tkazmayapti. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba maʼlum qildi.

 

“Agar qandaydir ukrainaliklar ruslar bilan Jenevada gaplashayotgan bo‘lsa, ular Ukrain davlatining rasmiy vakillari emas”, — degan u Italiya OAVga bergan intervyusida.

 

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev muzokaralarga har qanday paytda tayyor. Ammo buning uchun Rossiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak.

 

“Hozir hech narsa Rossiya muzokaralarga tayyorligini ko‘rsatmayapti. Biz vaziyat tezroq o‘zgarishiga va ruslar muzokara boshlashiga umid va ibodat qilamiz”, –– deb qayd etgan diplomat.

 

Kuleba Xitoy taklif etgan tinchlik rejasiga ham munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning rejasi umumiy masalalarni qamrab olgan va “adolatli tinchlikka erishishga yordam bermaydi”.

 

Avvalroq Shveysariya tashqi ishlar vaziri Inyatsio Kassis Jenevada Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilayotganini aytgandi. Vazirlik rahbari boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Rossiya va Ukraina Shveysariyada muzokara o‘tkazyaptimi? | Zamon.uz