Neymar Dohada o‘ng tizzasidan operatsiya qilindi
Uning jarohati jiddiy ekanligi aytilmoqda.

“PSJ” klubining braziliyalik hujumchisi Neymar bugun ertalab Qatar poytaxti Doha shahrida o‘ng tizzasidan operatsiya qilindi. Bu haqda “L‘Equipe” nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar Fransiya 1-ligasi o‘yinlaridan birida o‘ng tizzasidan olgan og‘ir jarohati tufayli hujumchi 3-4 oyni o‘tkazib yuborishi va bu mavsumda “PSJ” safida o‘ynamasligi malum bo‘lgandi. Buni parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galtiye tasdiqlagan.
Joriy mavsumda 31 yoshli Neymar “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Braziliyalik futbolchining Fransiya klubi bilan shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar tuzilgan.







