“PSJ”da qayta qurish davom etadi
Parijliklar yozda Bernardu Silva va yana 6 nafar futbolchini sotib olmoqchi.

Parijliklar 2023 yilning yozida o‘z tarkibini kuchaytirish uchun bir qator transferlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda “L‘Equipe” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, darvozabondan tashqari har bir chiziqni kuchaytirish rejalashtirilgan. Parijliklar himoyada “Vilyareal” futbolchisi Pau Torresni, yarim himoyada “PSV”dan Ibrohim Sangare va Myonxengladbaxning “Borussiya”sidan Kouadio Koneni sotib olmoqchi. “PSJ” hujumni kuchaytirish uchun eng jiddiy sarmoyani yo‘naltirmoqchi. Fransuz grandi “Manchester Siti”ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva va “Lion”, “Napoli”, “Benfika” hujumchilari Rayan Cherki , Viktor Osimhen va Gonsalo Ramosni sotib olmoqchi.
“PSJ” ushbu mavsumda Chempionlar ligasidan chiqib ketdi va turnirning 1/8 finalida “Bavariya”ga imkoniyatni boy berdi.







