Kamtarona uy, qimmatbaho mashinalar va homiylik shartnomalari
Muhammad Salohning umumiy boyligi qancha?

Muhammad Saloh - professional misrlik futbolchi, Angliyaning “Liverpul” klubi tarkibida o‘ynaydi. Dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Saloh chinakam iqtidor va matonat egasi hisoblanadi. Yevropaning turli klublarida ko‘p yillar davomida to‘p so‘rib yurgan vaqtlari, Saloh o‘rtamiyona futbolchilar qatori edi. Ammo o‘z shogirdlariga murabbiydan ko‘ra ko‘proq eng yaqin do‘stidek munosabatda bo‘lgan Yurgen Klopp qo‘li ostida Saloh Afrikaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi.
Uning futboldagi muvaffaqiyati diqqatga sazovordir, chunki u “Liverpul”ni nafaqat Yevropaning, balki dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga aylanishida muhim rol o‘ynadi. Bugungi kungacha Muhammad Salohning sof boyligiga eʼtibor qaratish orqali biz uning muvaffaqiyatli karerasi haqida so‘z yuritamiz.
Yoshlik
Sportni yaxshi ko‘radigan oilada tug‘ilgan Saloh o‘zining qiziqishlarini tezda shakllantirib oldi. Ayniqsa, uning otasi va amakilari ham futbolga qiziqardi. Ularning futbolga bo‘lgan muhabbatlari shu qadar kuchli ediki, hatto mahalliy “Nagrig” klubida ham o‘ynashgan. Saloh yoshligida sportni yaxshi ko‘rgan bo‘lsada, unga bir qancha yutuqlar nasib etmagan. U bir necha bor akademik imtihonlarda past baholarni olgan. O‘qishda muvaffaqiyat qozona olmasligini bilgan Saloh futbol bilan shug‘ullanishda davom etadi. Sportga bo‘lgan muhabbati uni muntazam ravishda shug‘ullanishga, shuningdek, mahalliy turnirlarda qatnashishga olib keladi. Uning futboldagi yutuqlari tezda Misrning “El Mokawlon” klubining eʼtiboriga tushishiga sabab bo‘ladi.
Karera, yutuqlar va shartnomalar
2010-yilning may oyida, “El Mokawlon”ning yoshlar jamoasida o‘ynagandan so‘ng, u Misr Premyer-ligasida klubning asosiy jamoasi safida ishtirok etadi. Saloh bu yerda ikki yil vaqtini o‘tkazadi. Shundan so‘ng Shveysariyaning “Bazel” klubiga qo‘shiladi. Hujumchi “Bazel”da bor yo‘g‘i ikki mavsum to‘p suradi. Har ikki mavsumda Shveysariya Superligasida g‘alaba qozonadi. 2014-yilning yanvarida u 11 million funt sterling evaziga “Chelsi”ga o‘tadi. Saloh debyut mavsumida “Chelsi”da atigi uchta o‘yin o‘tkazadi.
Ammo 2015-yilgi mavsumni klub bilan o‘tkazgandan so‘ng, u “Roma”ga ijaraga beriladi. 2016-yilgi mavsumni hujumchi “Roma”da ijarachi asosida o‘tkazadi. Uning “Roma”dagi o‘yini shu qadar ishonchli ediki, natijada klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritadi va “Roma”ning mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘ladi. 2017-yilning iyunida Saloh 42 million yevro evaziga “Liverpul”ga o‘tdi. Uning “Liverpul”dagi birinchi mavsumi katta muvaffaqiyat bilan boshlandi. Saloh yaxshilangan formada maydonga tushdi va nafaqat chempionatning eng yaxshi to‘purari, balki Yevropaning kuchli beshta nufuzli ligalarida ham eng yaxshi to‘purarga aylandi. “Liverpul” ligada g‘olib chiqmagan bo‘lsada, Saloh mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U shuningdek, “Liverpul”ni 2018-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi, u yerda esa yelkasidan jarohat olib, 30-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. “Liverpul”dagi dastlabki ikki mavsumida ko‘rsatgan yutuqlari sabab hujumchi 2017 va 2018-yillarda Afrikaning yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga sazovor bo‘ldi. 2019-yilda uning “Liverpul”da ajoyib o‘yinlari klubga ko‘plab muvaffaqiyat olib keldi. Jamoa UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Muhammad Salohning sof boyligi
Muhammad Salohning boyligi 2020-yilda 70 million dollar ekanligi aytildi. Bu uning so‘nggi paytlarda qayd etgan ajoyib natijalari bilan bog‘liq. Agar u hozirgi formasini davom ettirsa va takomillashtirsa albatta o‘z faoliyatini yana-da yaxshilaydi hamda ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritadi degan taxminlar ham bor edi. Bu esa unga nafaqat maoshini oshirish, balki ko‘proq shartnomalar ham olib keladi. Biroq, Saloh Premyer-ligadagi ayrim futbolchilaridan kam maosh oladi. 2020-yilda 35,1 million dollar daromad bilan Salah “Forbes” talqiniga ko‘ra dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar ro‘yxatida 34-o‘rinni egalladi. Muhammad Salohning “Liverpul”dagi maoshi ayni damda haftasiga 200 ming funt atrofida. Yulduz futbolchining narxi hozirda 150 million yevroni tashkil etadi.
Homiylik shartnomalari
Taniqli yulduz futbolchining homiylar ro‘yxatiga sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar — “Adidas” va “Vodafone Egypt” kiradi. Uning sportdagi yutuqlari yana-da ko‘proq shartnomalarni imzolashga olib kelmoqda.
Hayot tarzi
Huumchining boyligi uning yillar davomida mehnatkashligi va chidamliligidan dalolat beradi va shu tufayli u dabdabali hayot kechira oladi. Biroq, u o‘z zamondoshlariga nisbatan kamtarona turmush tarzini afzal ko‘rdi. Uning uyi ham oddiy tarzda qurilgan. Salohning avtomobil kolleksiyasi uning boyligi haqida so‘zlaydi. Futbolchi “Toyota Camry”, “Mercedes-Benz SLS AMG Roadster”, “Lamborghini Aventador”, “Mercedes AMG GLE Coupe”, “Bentley Continental”, “QNUMX GT” va “QNUM0.0.0.” kabi avtomobil turlaridan foydalanadi. Ularning umumiy narxi bir necha million yevroni tashkil etadi.







