Messi Ispaniyaga qaytadimi?
“Barsa” prezidenti futbolchining otasi bilan uchrashdi.

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi yaqin orada “Barselona”ga qaytmaydi. Bu haqda jurnalist Gilem Balague xabar berdi.
“Barselona” prezidenti Joan Laporta yaqinda Messining otasi bilan uchrashdi. Ammo hozircha Messiga “Barselona”dan hech qanday taklif yo‘q.
La Liga har qanday holatda ham Messining transferini moliyalashga qarshi ekanligi maʼlum qilgan. Liganing asosiy vazifasi “Barselona”ning 200 million dollarlik qarzini kamaytirishdir.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Messining “PSJ” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Argentinalik hujumchi 2021 yildan buyon fransuz klubida o‘ynab kelmoqda.







