Putin 2023-yilda G20 sammitida ishtirok etishi mumkin
Tadbirga bu yil Hindiston mezbonlik qiladi.

Vladimir Putin Hindistonda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishi mumkin.
Aniqlik kiritilishicha, Rossiya yetakchisi bu galgi sammitda ishtirok etishni rejalashtirmoqda, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Shu bilan birga, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu maʼlumotga izoh bermadi.
Rasmiy ravishda Hindiston Putinni G20 sammitiga taklif qildi va Kreml rozi bo‘ldi. Ammo o‘tgan yili AQSH va uning ittifoqchilarining bosimi ostida RF prezidenti Indoneziyadagi uchrashuvda ishtirok etish rejasidan voz kechgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Reuters” axborot agentligi avvalroq Hindiston o‘zi raisligidagi G20 sammitida Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qilishni istamasligi haqida xabar bergan edi.







