Mbappe “PSJ”ning Ligadagi 3000-golini urdi
Buning uchun klubga 1858 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning Fransiya chempionatidagi 3000-golini urdi. Bu haqda “OptaJean” nashri xabar berdi.
“PSJ” turnir tarixida shunday ko‘rsatkichga erishgan 12-klub bo‘ldi. Buning uchun parijliklarga 1858 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu natijaga faqat Marsel (1801) va “Cent-Eten” (1816) kam o‘yin bilan erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe Fransiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan “Brest”ga qarshi o‘yinda g‘alaba golini kiritdi.
Mbappe Fransiya chempionatining joriy mavsumida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.








