“Ushbu qo‘shiqni yozish juda muhim edi”
Shakira nima uchun Pike haqida qo‘shiq chiqarganini aytdi.

Kolumbiyalik taniqli qo‘shiqchi Shakira nima uchun sobiq turmush o‘rtog‘i — ispaniyalik futbolchi Jerar Pike haqida qo‘shiq chiqarganini aytdi.
“Bu qo‘shiqning ajoyibligi shundaki, u ko‘plab ayollar uchun madhiyaga aylangan. Ajrashganimdan keyin men juda qiyin yilni boshdan kechirdim. Ushbu qo‘shiqni yozish men uchun juda muhim edi, men xuddi shunday voqeani boshdan kechirgan ayollarga shunchalik yaqinlik his qildim”, — deya Shakiraning so‘zlaridan Sportface.it nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni xonanda Shakira sobiq eri Jerar Pikega bag‘ishlangan Bzrp Music Sessions nomli yangi qo‘shig‘ini premyera qilgandi.








