Sport

Alaba “Real”ga yordam berolmaydi

Jamoa 15 mart kuni “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.

Alaba “Real”ga yordam berolmaydi

 

Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi David Alaba 15 mart kuni “Liverpul”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Chunki u jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Bu haqda “The Atletic” jurnalisti Mario Kortegana maʼlum qildi.

 

Alaba “mersisaydliklar” bilan “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan edi. 19 mart kuni “qaymoqranglilar” “Barselona” bilan bahs olib borishi kerak. Biroq Alaba “El-Klassiko”ga qaytishga ulguradimi yoki yo‘qmi, nomaʼlum.

 

Kortegana xabariga ko‘ra, “Real Madrid”ning boshqa yetakchilari, hujumchi Karim Benzema va qanot himoyachisi Ferland Mendi qaytishga yaqin turibdi. Fransiyalik futbolchi “Espanyol”ga qarshi 25-tur o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. Mendi esa Ispaniya kubogi doirasida “Atletiko”ga qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli yanvar oyidan beri maydonga tushmayapti. Kecha ikkala futbolchi ham to‘liq mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

 

Alaba “Real”ga yordam berolmaydi | Zamon.uz