“Iltimos menga ovoz berib yuboring”: IIV Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi
Telegram akkauntingizni egallab olishlariga yo‘l qo‘ymang.

“Telegram” messenjerida turli kanal va guruhlarda tarqatilayotgan “Iltimos menga ovoz berib yuboring” mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on hisoblanadi.
Bot orqali yuborilayotgan zararli havolalar orqali sizning akkauntingizni egallab olishlaridan ehtiyot bo‘ling!
Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagilarga rioya etishingizni tavsiya qilamiz:
— Ikki tomonlama autentifikatsiyani o‘rnating;
— Har qanday holatda ham sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;
— Messenjer qurilmalar bo‘limidagi “Faol seanslarni” tekshiring boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtating.







