Sport

“Barsa” shu hafta Busketsga yangi taklif yuboradi

Uning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

“Barsa” shu hafta Busketsga yangi taklif yuboradi

 

“Barselona” yaqin orada Serxio Buskets bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif  bilan chiqadi.

 

Bugun futbolchining agenti Xosep Mariya Orobich Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashib, futbolchining kelajagini muhokama qildi. Busketsning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

 

Yarim himoyachi MLS va Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar bo‘lishiga qaramay, yana bir mavsum “Barsa”da qolmoqchi. U klubdan aniq taklif olmaguncha, kelajagi haqida qaror qabul qilmaydi.

 

“Mundo Deportivo” nashrining xabariga ko‘ra, klub unga ushbu taklifni shu hafta jo‘natishga vaʼda bergan.

 

Buskets La Liganing joriy mavsumida 21 o‘yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

“Barsa” shu hafta Busketsga yangi taklif yuboradi | Zamon.uz