Kobelga ikkita APL jamoasi qiziqmoqda
Ulardan biri allaqachon darvozabonga taklif bilan chiqqan.

Dortmundning "Borussiya" klubi va Shveysariya terma jamoasi darvozaboni Gregor Kobel Angliya premer-ligasining ikki klubi eʼtiborini tortdi.
"Sport1.de" nashrining xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” o‘z darvozasi chizig‘ini kuchaytirish va Kobelni mos variant sifatida ko‘rish niyatida. Har ikki klub ham 25 yoshli darvozabonni keyingi bir necha yil ichida birinchi raqamli futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
“Manchester Yunayted” David de Xea bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotganiga qaramay, yangi darvozabon izlamoqda. Ispaniyalik futbolchi klubda qolish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘ldi, biroq murabbiylar shtabi klubga boshqa darvozabon kerak deb hisoblaydi.
Manbaning xabariga ko‘ra, “Chelsi” vakillari Kobelning agenti bilan allaqachon uchrashib bo‘lgan, chunki klub o‘z tarkibidagi darvozabonlarga ishonchi komil emas.
Kobel Dortmund jamoasida 2021 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.







