“U ajoyib yigit, ulkan isteʼdod egasi”
Gvardiola Holandning kechagi o‘yiniga baho berdi.

“Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida norvegiyalik Erling Holandning penta-trikidan keyin uning isteʼdodini baholadi.
“Birinchi daqiqadan so‘nggi daqiqagacha har bir o‘yinchi juda ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Biz to‘p bilan ham, to‘psiz ham yaxshi haaraakat qildik. Erling juda zo‘r o‘yin ko‘rsatdi. 60 daqiqada beshta gol! Ajoyib yigit, ulkan isteʼdod. Quvvat, mentalitet - u tug‘ma talant. Oldingi mavsumlarda bizga shunday gollar yetishmagandi”, — deya Gvardiolaning so‘zlaridan “BBC BT Sport” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha “Siti” Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida “Leypsig”ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Norvegiyalik hujumchi 57 daqiqa ichida 5 ta gol urib, faoliyatidagi ilk penta-trikka erishdi.







