Jahon

Hammamiz telefonga qarammiz! Bundan qutulish mumkinmi?

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, texnologiyalarga qaramlik tobora ortib bormoqda.

Hammamiz telefonga qarammiz! Bundan qutulish mumkinmi?

 

Dunyo aqlbovar qilmaydigan tezlikda o‘zgarmoqda. Bunday jadal o‘zgarishlarning eng muhim omili texnologik taraqqiyotdir. Albatta, bunday dinamikaga insonning innovatsiyalarga moslashish tezligi ham yordam beradi.

 

Biroq Internet xuddi pichoq kabi: to‘g‘ri ishlatilsa, odamlarga foyda keltiradigan, noto‘g‘ri ishlatilsa, muammoga olib keladi.

 

Kasbiy va taʼlim hayoti, maʼlumotlarga tezkor kirish ehtiyoji internetga ulangan texnologik vositalarni joriy etish zaruratini tug‘dirdi. Agar imtiyozlarni hisoblashga harakat qilsak, uzoq ro‘yxatni tayyorlashimiz kerak bo‘lishi mumkin. Ammo bugun biz zararlar haqida gaplashamiz. Gadjetlar qarshisida o‘tkaziladigan vaqt shunchalik ko‘paydiki, bu mutaxassislar tomonidan “texnologiyaga qaramlik” atamasini qo‘llashiga sabab bo‘la boshladi.

 

Texnologiyaga qaramlik nima?

 

Texnologiyaga qaramlik bu — impulsiv nazorat buzilishining bir turi bo‘lib, unda odam kompyuter, internet, videoo‘yinlar, mobil qurilmalardan ortiqcha foydalanish natijasida texnologiyaning zararli taʼsirini boshdan kechiradi. Texnologiyaga qaramlikni ijtimoiy tarmoqqa qaramlik, xarid qilish, videokontentni isteʼmol qilish, qimor o‘yinlariga qaramlik sifatida tasniflash mumkin.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, psixofaol moddalarga qaramlik va texnologiyaga qaramlik o‘rtasida unchalik katta farq yo‘q. Bu ikkisi ham miyaning bir qismiga taʼsir qiladi.

 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, texnologiyaga qaramlik xotira muammolari, tashkil etish va rejalashtirishdagi qiyinchiliklar, impulslarni nazorat qilishda qiyinchiliklar, uyqu buzilishi, oilaviy aloqalarning zaiflashishi, o‘ziga ishonchsizlik, yolg‘on gapirishga moyillik, vaqtni idrok etishning buzilishi, depressiya kabi ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi.

 

Texnologiyaga qaramlik, shuningdek, bel og‘rig‘i, karpal tunnel sindromi, bosh og‘rig‘i, ko‘z qurishi, ortiqcha vazn, yoki aksincha, vazn yo‘qotish kabi jismoniy oqibatlarga olib keladi.

 

Texnologiyaga qaramlikni qanday aniqlash mumkin?

 

Agar odam gadjetlardan uzoqda o‘zini tashvishli yoki noqulay his etsa, vahimaga tushsa yoki juda muhim narsani yo‘qotdim deb o‘ylab tajovuzkor bo‘lib qolsa, demak, u texnologiyaga qaram bo‘lishi mumkin.

 

Smartfonlarga eng ko‘p qaram bo‘lgan mamlakat — Turkiya

 

Turkiya bilan bir qatorda 33 davlatda 53 mingdan ortiq kishi o‘rtasida o‘tkazilgan Global Mobil Foydalanuvchilar so‘rovi Turkiyaning Yevropadagi eng ko‘p smartfonga qaram mamlakat ekanligini ko‘rsatdi. Yevropada odamlar kuniga 48 marta telefonlarini tekshirsa, Turkiyada bu ko‘rsatkich 78 marta. Bu esa turklar har 13 daqiqada telefonni ko‘radi degani.

 

Yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, milleniallarning 13 foizi kuniga 12 soat smartfondan foydalanadi. Telefonni ko‘targan odam ekranga kamida bir daqiqa-yu 15 soniya qaraydi. Shu bilan birga, xabar almashish ilovalari eng ko‘p qo‘llaniladi, ijtimoiy tarmoqlar ikkinchi o‘rinda, axborot saytlari uchinchi o‘rinda.

 

Qaram kishilarning asosiy xususiyati shundaki, ular o‘zlarining qaramligini inkor etadilar. Texnologiyaga qaramlik bilan kurashish uchun quyidagi usullarni sinab ko‘rishingiz mumkin.

 

—Yangi odatlarni shakllantirishga harakat qilish. Sport bilan shug‘ullanish, hatto boshida qiyin bo‘lsa ham, jismoniy va ruhiy salomatlik uchun juda foydali bo‘ladi. Internet-paketni cheklash ham yordam beradigan muhim qadam bo‘lishi mumkin.

 

—Ko‘p vaqt talab qiladigan ilovalarni olib tashlang va yangilarini yuklab olmang.

 

—Oilangiz va do‘stlaringiz bilan o‘tirgan stolda telefonni olmang.

 

—Yotoqxonaga telefon bilan kirmang, iloji bo‘lsa, uni boshqa xonada quvvatlang.

 

—Haftalik yoki kunlik jadvallarni tayyorlang va ularga rioya qilishga harakat qiling.

 

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.