Jahon

Erdog‘an Isroilning G‘azoga yordam olib ketayotgan flotiliyaga hujumini qoraladi

Isroil kuchlari G‘azaga yo‘l olgan kamida ikki kemaga qarata o‘q uzgan. Flotiliyaning 44 ta kemasini to‘xtatgan.

Erdog‘an Isroilning G‘azoga yordam olib ketayotgan flotiliyaga hujumini qoraladi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan “Global Sumud Flotilla” flotiliyasiga qarshi Isroil harakatlarini keskin qoraladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishcha, Anqaradagi chiqishida Erdo‘g‘an flotiliya ishtirokchilarini “umid sayohatchilari” deb atab, xalqaro hamjamiyatni Isroilning harakatlariga qarshi chora ko‘rishga chaqirgan.

 

Flotiliya tashkilotchilari ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kuni Isroil kuchlari G‘azoga yo‘l olgan kamida ikki kemaga qarata o‘q uzgan. Jonli efirdan olingan videolarda askarlarning kemalar tomon o‘q uzgani aks etgan, ammo qanday turdagi qurol ishlatilgani aniq emas. Boshqa bir vakil esa jami olti kema o‘qqa tutilganini bildirgan.

 

Hozircha jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

 

Tashkilotchilarning aytishicha, Isroil harbiy-dengiz kuchlari Sharqiy O‘rta yer dengizida flotiliyaning 44 ta kemasini to‘xtatgan. Yana olti kema harakatni davom ettirmoqda.

 

Isroil armiyasi hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi esa avvalroq G‘azoga nisbatan “qonuniy dengiz blokadasi” buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan edi.

 

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning harakatlarini “qaroqchilik akti” va xalqaro huquqning buzilishi deb atadi. Anqaraga ko‘ra, flotiliya G‘azodagi gumanitar inqirozga e’tibor qaratish hamda yordam yetkazish maqsadida yo‘lga chiqqan.

 

Qayd etilishicha, “Global Sumud Flotilla” Turkiya janubidan uchinchi marta yo‘lga chiqqan bo‘lib, unda 39 davlatdan 426 kishi ishtirok etmoqda.

 

AQSH Moliya vazirligi esa flotiliya bilan bog‘liq to‘rt nafar shaxsga qarshi sanksiyalar joriy etganini ma’lum qildi. Vashington ularni “HAMAS tarafdori” deb baholagan.

 

Falastin tarafdori bo‘lgan faollar esa G‘azaga yetib borayotgan gumanitar yordam hajmi hali ham yetarli emasligini ta’kidlamoqda. G‘azoda 2 milliondan ortiq aholining katta qismi urush sababli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.