Jahon

AQShdagi masjidda quroll hujum uyushtirildi: uch kishi halok bo‘ldi

Gumonlanuvchilar otishmadan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

AQShdagi masjidda quroll hujum uyushtirildi: uch kishi halok bo‘ldi

 

AQShning San Diego shahridagi San Diego Islom markazi hududida sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hujumni amalga oshirgan ikki o‘smir keyinchalik o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa dushanba kuni ertalab yuz bergan. Dastlab politsiyaga o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘smir haqida murojaat kelib tushgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Islom markazida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan.

 

Voqea joyiga yetib borgan huquq-tartibot xodimlari binoning old qismida o‘q jarohati olgan uch kishining jasadini aniqlagan. Keyinchalik hujumchilar masjiddan bir necha blok kvartal narida joylashgan avtomobilda o‘z joniga qasd qilgan holda topilgan.

 

Halok bo‘lganlar orasida markaz qo‘riqchisi ham borligi aytilmoqda. Skott Vahl uning harakatlarini “qahramonlik” deya baholab, aynan u yanada ko‘proq qurbonlar bo‘lishining oldini olganini ta’kidlagan.

 

Tergovchilar hodisa sabablari hozircha noma’lumligini bildirgan. Biroq gumondorlardan biriga tegishli yozuvlarda nafrat mazmunidagi fikrlar aniqlangani sababli hujum nafratga asoslangan jinoyat sifatida ham o‘rganilmoqda.

CBS telekanaliga bergan guvohlar intervyusida "yarim avtomatik qurol"ga o'xshash narsadan 30 tagacha o'q ovozi eshitilgani ma'lum qilingan.

 

Voqea vaqtida Islom markazi hududidagi maktabda bolalar dars jarayonida bo‘lgan. Hodisadan so‘ng o‘quvchilar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, yaqin atrofdagi maktablarda esa vaqtinchalik karantin choralari joriy etilgan.

 

Kaliforniya gubernatori Gavin Nevsom hodisa yuzasidan munosabat bildirib, oilalar va bolalar yig‘iladigan, fuqarolar tinch va hamjihatlikda ibodat qiladigan markazda sodir etilgan hujum uni chuqur larzaga solganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shtat hukumati diniy jamoalarga qarshi qaratilgan terror va qo‘rqitish harakatlariga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘ladi.

 

Ayni paytda, Donald Tramp ham voqeaga izoh berib, otishmani “juda dahshatli holat” deb baholagan.

Oq uyda jurnalistlar savollariga javob bergan Tramp unga hodisa bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar yetkazilganini bildirib, masala jiddiy tarzda ko‘rib chiqilishini qayd etgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"