Jahon

Rossiya tarixchilari Qirg‘iziston darsliklaridan “mustamlakachilik” atamasini olib tashlashni so‘radi

Qirg‘izistonlik tarixchilar esa tarixiy jarayonlarni inkor etmaslik zarurligini bildirdi.

Rossiya tarixchilari Qirg‘iziston darsliklaridan “mustamlakachilik” atamasini olib tashlashni so‘radi

Rossiya va Qirg‘iziston tarixchilari maktab darsliklaridagi tarixiy talqin va terminologiyani qayta ko‘rib chiqish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Rossiya Harbiy-tarixiy jamiyati tomonidan tashkil etilgan Rossiya–Qirg‘iziston tarix bo‘yicha ekspert-maslahat kengashi yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

 

Ma’lum qilinishicha, tadbirda Rossiya tomoni Qirg‘iziston tarix darsliklarida “kolonializm”(mustamlaka) atamasini qo‘llashdan voz kechish yoki uni qayta ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

 

Qirg‘izistonlik tarixchilar esa bu jarayonni “murakkab masala” deb baholab, uni muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan.

 

Mutaxassislar fikricha, ikki davlat darsliklarida tarix turlicha yondashuv asosida yoritiladi: Rossiyada davlat tarixi, Qirg‘izistonda esa xalq tarixi asosiy o‘rinda turadi. Tomonlar ushbu farqlarni yumshatish va “murosali ifodalar” topish zarurligini qayd etdi.

 

Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti vakili Andrey Bikov Qirg‘iziston darsliklarida Rossiya va qirg‘izlar tarixi yetarli darajada yoritilmaganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u ayrim tarixiy talqinlarda “faktik xatolar va miflashtirish” mavjudligini ham qayd etdi.

 

Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi vakili Abilabek Asankanov esa Rossiya tarixchilari “qirg‘iz tarixini boshqa turkiy xalqlarga nisbatan sun’iy ravishda qadimiylashtirish” haqidagi fikrlarni ilgari surgani yuzasidan  bahslashdi. U “qirg‘iz” etnonimi Xitoy manbalarda miloddan avvalgi III asrdan tilga olinganini ta’kidladi.

 

Asosiy bahsli masalalardan biri sobiq SSSRga berilayotgan baho va “kolonializm” (mustamlaka) atamasining qo‘llanilishi bo‘ldi. Rossiya tomoni bu atamani yumshoqroq terminlar bilan almashtirishni taklif qildi, Qirg‘iziston tomoni esa tarixiy jarayonlarni inkor etmaslik zarurligini bildirdi.

 

Tomonlar yakunda tarixiy yondashuvlarni yaqinlashtirish, darsliklardagi qarama-qarshi talqinlarni kamaytirish va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Rossiya tomoni kelgusida darsliklarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ham bildirdi.

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.