Jahon

Qirg‘iziston tarixiy adolat tiklanishiga umid qilmoqda — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti davlat rahbarlarini mamlakat nomzodini BMT Xavfsizlik Kengashi a’zoligiga qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Qirg‘iziston tarixiy adolat tiklanishiga umid qilmoqda — Sadir Japarov

 

Sadir Japarov BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari saylovlari oldidan davlat rahbarlariga murojaat qilib, Qirg‘iziston nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.Bu haqda Kazinform xabar berdi.


Qirg‘iziston prezidenti o‘z murojaatida dunyoda geosiyosiy keskinlik kuchayib borayotgani, harbiy mojarolar davom etayotgani va xalqaro tizim teng huquqli vakillikka ehtiyoj sezayotganini ta’kidlagan.



“Bunday sharoitlarda BMTga a’zo davlatlarning Xavfsizlik Kengashida inklyuziv va teng huquqli vakilligi hamda uning butun xalqaro hamjamiyat nomidan qaror qabul qiluvchi organ sifatidagi qonuniyligini saqlab qolish masalasi birinchi o'ringa chiqadi”, — dedi Japarov.



Uning qayd etishicha, Qirg‘iziston boshqa 60 ga yaqin davlat qatori shu paytgacha hech qachon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi a’zosi bo‘lmagan. Shu bilan birga, mamlakatning asosiy raqibi sifatida ko‘rilayotgan Filippin avval to‘rt marta Kengash tarkibidan joy olgan.



Qirg‘iziston rahbari mamlakatning ehtimoliy saylanishi tarixiy adolatni tiklash va kichik, rivojlanayotgan hamda dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlarning global xavfsizlik masalalaridagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilishini bildirdi.



Japarov, shuningdek, harbiy mojarolarga sarflanayotgan xarajatlar 3 trillion dollardan oshganini ta’kidlab, ushbu mablag‘lar ekologiya va ocharchilikka qarshi yo'naltirilganda, “sayyorani gullab-yashnayotgan bog‘ga aylantirish mumkin bo‘lishini” qayd etgan.

 


Bayonotga ko‘ra, Qirg‘iziston saylangan taqdirda vositachilik mexanizmlarini rivojlantirish, profilaktik diplomatiyani kuchaytirish, yadroviy qurolsizlanishni qo‘llab-quvvatlash hamda iqlim va xavfsizlik masalalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash tarafdori bo‘ladi.



Ma’lumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi saylovi 2026-yil 3-iyun kuni Nyu York shahrida bo‘lib o‘tadi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"