Italyan klublari 17 yil oldingi natijani qayd etdi
Kecha Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqan jamoalar nomi maʼlum bo‘ldi.

A Seriyaning uchta klubi 2006 yildan beri ilk bor Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi.
Bu mavsumda Italiyaning “Milan”, “Inter” va “Napoli” ushbu ishni amalga oshirgan bo‘lsa, bundan 17 yil oldin “Milan”, “Yuventus” va “Inter” klublari chorak finalga yo‘l olishgandi.







