Janni Infantino FIFA prezidenti etib qayta saylandi
U yagona nomzod edi.

Bugun Ruanda poytaxti Kigali shahrida bo‘lib o‘tgan FIFAning 73-kongressida tashkilot prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Bungacha bu lavozimni egallab kelgan Janni Infantino 2027-yilgacha FIFA rahbari etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Infantino saylovda yagona nomzod bo‘lgan edi. Janni Infantino ilk bor 2016-yilda FIFA prezidenti etib saylangandi.
FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter 2015-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atganidan so‘ng, o‘z lavozimidan chetlashtirilgandi.







